Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 5)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 5

الْيَوْمَ أُحِلَّ لَكُمُ الطَّيِّبَاتُ ۖ وَطَعَامُ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ حِلٌّ لَكُمْ وَطَعَامُكُمْ حِلٌّ لَهُمْ ۖ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الْمُؤْمِنَاتِ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِنْ قَبْلِكُمْ إِذَا آتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ مُحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَافِحِينَ وَلَا مُتَّخِذِي أَخْدَانٍ ۗ وَمَنْ يَكْفُرْ بِالْإِيمَانِ فَقَدْ حَبِطَ عَمَلُهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ 5 ٥

Bugungi kunda sizlarga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Afiyfa mo`minalar va sizdan oldin kitob berilganlardan bo`lgan afiyfalar ham, agar iffatli bo`lgan holingizda, zinokor bo`lmay va o`ynash tutmay mahrlarini bersangiz, sizga haloldir. Kim iymonni inkor qilsa, uning amali behuda ketadi va oxiratda u ziyon ko`ruvchilardan bo`ladir. (5)

Tafsir
Bugun Alloh sizlarga barcha mazali narsalarni halol qildi. Yahudiy va nasroniy kabi ahli kitoblar soʻygan hayvonlar sizlar uchun halol. Sizlar soʻygan hayvonlar ular uchun halol. Zino qilmasdan, oʻynash tutmasdan, mahrini berib uylansangizlar, moʻminalarning afiyfalari (oʻzini haromdan tiyganlari) ham, yahudiy va nasroniy kabi ahli kitoblarning afiyfalari ham sizlarga halol qilindi. Allohning bandalariga nozil qilgan hukmlariga kufr keltirgan kimsaning amali habata ketadi. Chunki unda amal qabul boʻlishining bir sharti boʻlmish iymon yoʻq. Endi u Qiyomat kunida doʻzaxga kiradi va unda abadiy qoladi. Shu bilan ziyon koʻrguvchilar toifasiga qoʻshiladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin