Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 65)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 65

وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْكِتَابِ آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَكَفَّرْنَا عَنْهُمْ سَيِّئَاتِهِمْ وَلَأَدْخَلْنَاهُمْ جَنَّاتِ النَّعِيمِ 65 ٦٥

Agar ahli kitoblar iymon keltirib, taqvo qilganlarida edi, ularning gunohlarini yuvgan va jannati na'iymga kiritgan bo`lardik. (65)

Tafsir
Yahudiy va nasroniylar Muhammad alayhissalom olib kelgan dinga iymon ketirib, gunohlardan tiyilish bilan Allohdan taqvo qilganlarida edi, Biz ularning oldin qilgan gunohlarini har qancha koʻp boʻlsa ham kechirib yuborgan, oʻzlarini esa naim jannatlariga kiritgan boʻlardik. Shu bilan ular abadiy rohatga noil boʻlardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin