Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 70)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 70

لَقَدْ أَخَذْنَا مِيثَاقَ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَأَرْسَلْنَا إِلَيْهِمْ رُسُلًا ۖ كُلَّمَا جَاءَهُمْ رَسُولٌ بِمَا لَا تَهْوَىٰ أَنْفُسُهُمْ فَرِيقًا كَذَّبُوا وَفَرِيقًا يَقْتُلُونَ 70 ٧٠

Batahqiq, Biz Bani Isroildan miysoq — ahdnoma oldik va ularga Payg`ambarlar yubordik. Har qachon ularning havoyi nafslariga to`g`ri kelmaydigan narsa keltirgan Payg`ambarni: bir guruhlarini yolg`onchi dedilar, bir guruhlarini o`ldirdilar. (70)

Tafsir
Bani Isroildan quloq solish va itoat qilishlariga ahd-paymonlarini olgandik va ularga Allohning shariatini yetkazadigan paygʻambarlarni yuborgandik. Ular esa ahdini buzib, havoyi nafslariga ergashdilar va paygʻambarlari olib kelgan haqiqatdan yuz oʻgirdilar. Paygʻambarlarning ayrimlarini yolgʻonchiga chiqargan boʻlsalar, ayrimlarini oʻldirdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin