Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 72)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 72

لَقَدْ كَفَرَ الَّذِينَ قَالُوا إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ ۖ وَقَالَ الْمَسِيحُ يَا بَنِي إِسْرَائِيلَ اعْبُدُوا اللَّهَ رَبِّي وَرَبَّكُمْ ۖ إِنَّهُ مَنْ يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَقَدْ حَرَّمَ اللَّهُ عَلَيْهِ الْجَنَّةَ وَمَأْوَاهُ النَّارُ ۖ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ أَنْصَارٍ 72 ٧٢

Alloh, albatta, Masiyh ibn Maryamdir, deganlar, batahqiq, kofir bo`ldilar. Masiyh ibn Maryam esa: «Mening Robbim va sizning Robbingiz Allohga ibodat qiling. Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilur va uning turar joyi do`zax bo`lur. Va zolimlarga nusrat beruvchilar yo`qdir», dedi. (72)

Tafsir
«Alloh Masih Iyso ibn Maryamning oʻzidir», degan nasroniylar aniq kofir boʻldilar. Chunki ular Allohdan boshqani iloh, deb bilyaptilar. Holbuki, Masih ibn Maryamning oʻzi ularga: "Ey Bani Isroil, yolgʻiz Allohgagina bandalik qilinglar, zero, u mening Parvardigorim va sizning Parvardigoringizdir, U Zotga bandalikda hammamiz barobarmiz", degan. Xullas, Alloh Oʻziga boshqani sherik qilgan kimsaning jannatga kirishini man qilib qoʻygan. Bunday kimsaning joyi jahannamdir. Allohning oldida unga hech kim yordam berolmaydi, madad boʻlolmaydi, uni kutayotgan azobdan qutqarolmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin