Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Allohning sizga bergan ne'matini va sizdan olgan ahdini eslang. O`zingiz: «Eshitdik va itoat qildik», degansiz-a?! Va Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh ko`kraklardagi narsani ham bilguvchi Zotdir. (7)
Tafsir
Allohning sizlarga bergan nematini - sizlarni Islomga hidoyat qilib qoʻyganini eslangiz. Sizlardan olgan ahdini eslangiz. Oʻshanda Paygʻambar alayhissalomga bayat bergan paytingizda: "Gapingni eshitdik va farmoningga itoat etdik", deya qiyinchilikda ham, osonlikda ham quloq solish va itoat etishga soʻz bergandingiz. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilingiz. Alloh qalblardagi yashirin sirlarni ham Bilguvchidir. Hech narsa U Zotdan maxfiy qololmas.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: