Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 81)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 81

وَلَوْ كَانُوا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالنَّبِيِّ وَمَا أُنْزِلَ إِلَيْهِ مَا اتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَاءَ وَلَٰكِنَّ كَثِيرًا مِنْهُمْ فَاسِقُونَ 81 ٨١

Agar Allohga, Payg`ambarga va unga nozil qilingan narsaga iymon keltirganlarida edi, ularni valiy — do`st tutmas edilar. Lekin ulardan ko`plari fosiqlardir. (81)

Tafsir
Oʻsha yahudiylar Allohga va Uning paygʻambariga haqiqiy iymon keltirganlarida edi, moʻminlar qolib, mushriklarni yaxshi koʻrmagan va doʻst tutmagan boʻlardilar. Chunki ular kofirlarni doʻst tutishdan qaytarilgandilar. Lekin oʻsha yahudiylardan koʻplari Allohga itoat qilmaydigan, U Zotni va moʻminlarni doʻst tutmaydigan badbaxtlardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin