Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 82)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 82

لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَدَاوَةً لِلَّذِينَ آمَنُوا الْيَهُودَ وَالَّذِينَ أَشْرَكُوا ۖ وَلَتَجِدَنَّ أَقْرَبَهُمْ مَوَدَّةً لِلَّذِينَ آمَنُوا الَّذِينَ قَالُوا إِنَّا نَصَارَىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّ مِنْهُمْ قِسِّيسِينَ وَرُهْبَانًا وَأَنَّهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ 82 ٨٢

Yahudiy va shirk keltirganlarning iymon keltirganlarga nisbatan odamlarning ashaddiy adovatlisi ekanini topasan. Ulardan iymon keltirganlarga do`stlikka yaqinrog`i, biz nasorolarmiz, deganlar ekanini topasan. Bu, ularning ichida diniy olimlar va rohiblar bo`lganidan va ularning takabburlik qilmasliklaridandir. (82)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizga, siz olib kelgan dinga va moʻminlarga eng ashaddiy dushmanlar dillari hasad va kibrga toʻla yahudiylar hamda butlarga ibodat qiladigan mushriklar ekanini koʻrasiz. Sizga, siz olib kelgan dinga va moʻminlarga eng yaqin doʻst esa oʻzlarini nasroniylar deb aytadigan kimsalar ekanini koʻrasiz. Chunki ularning orasida olimlar va obidlar bor hamda ular mutakabbir emas, mutavoze odamlardir. Mutakabbirning qalbi ezgulikni qabul qilolmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin