Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qasd ila tukkan qasamlaringiz uchun tutadir. Bas, uning kafforoti o`z ahlingizni o`rtacha taomlantirish miqdorida o`nta miskinga taom yoki kiyim berish yoxud bir qul ozod qilishdir. Kim topa olmasa, bas, uch kun ro`za tutsin. Ana o`sha, agar qasam ichgan bo`lsangiz, qasamingizning kafforotidir. Qasamlaringizni muhofaza qiling. Alloh sizga shunday qilib O`z oyatlarini bayon etadi. Shoyadki, shukr qilsangiz. (89)
Tafsir
Ey moʻminlar, dillaringizda qasd qilmasdan, shunchaki tilingizdan chiqqan qasamlaringiz uchun Alloh sizlarni jazolamaydi. Dillaringizda qasd qilib, keyin buzsangiz, oʻshanda jazolaydi. Buzgan qasamingiz uchun kafforat toʻlasangiz Alloh uning gunohini oʻchiradi. Kafforat toʻlash uch xil boʻladi. Yurtingizdagi odamlar istemol qiladigan oʻrtacha taomlar bilan oʻnta miskinni toʻydirish yo ularga urfdagi kiyimlarni olib berish yoki bir moʻmin qulni ozod qilish. Bu uch narsaga qurbi yetmagan odam uch kun roʻza tutish bilan kafforat toʻlaydi. Ey moʻminlar, buzgan qasamingizning kafforati mana shulardir. Qasamlaringizni ehtiyot qilib, yolgʻon qasam ichishdan, huda-behudaga qasam ichaverishdan va unga vafo qilmaslikdan saqlaningiz. Yaxshiliklarni qilaveringiz. Buzgan qasamlaringiz uchun Alloh bayon qilganidek kafforat toʻlangiz. Alloh sizlarga halol va haromni ajratib beruvchi hukmlarini bayon qiladi. Shoyadki, bilmagan narsalaringizni bildirgan Allohga shukr qilsangizlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: