Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 8

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُونُوا قَوَّامِينَ لِلَّهِ شُهَدَاءَ بِالْقِسْطِ ۖ وَلَا يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَآنُ قَوْمٍ عَلَىٰ أَلَّا تَعْدِلُوا ۚ اعْدِلُوا هُوَ أَقْرَبُ لِلتَّقْوَىٰ ۖ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا تَعْمَلُونَ 8 ٨

Ey, iymon keltirganlar! Alloh uchun haqda turing, adolatli guvoh bo`ling. Bir qavmni yomon ko`rishingiz sizni ularga nisbatan adolat qilmaslikka olib bormasin. Adolat qiling. Bu taqvoga oid ishdir. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh qilayotgan amalingizdan xabardor Zotdir. (8)

Tafsir
Ey Allohga va Paygʻambariga iymon keltirganlar, Alloh uchun Allohning haqlarini ado etingiz va jabr qilmasdan adolat bilan guvohlik beringiz. Bir qavmni yomon koʻrishingiz sizlarni adolat qilmaslikka olib borib qoʻymasin. Doʻstga ham, dushmanga ham adolatli boʻlish maqul, maqbul va matlub ishdir. Har ikkisiga adolat qilingiz. Zero, adolat Allohdan taqvo qilishga yaqin boʻlsa, adolatsizlik Allohga qarshi ish qilish tarafidadir. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilingiz. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardordir. Biron amalingiz U Zotdan yashirin qolmas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin