Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 95)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 95

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَقْتُلُوا الصَّيْدَ وَأَنْتُمْ حُرُمٌ ۚ وَمَنْ قَتَلَهُ مِنْكُمْ مُتَعَمِّدًا فَجَزَاءٌ مِثْلُ مَا قَتَلَ مِنَ النَّعَمِ يَحْكُمُ بِهِ ذَوَا عَدْلٍ مِنْكُمْ هَدْيًا بَالِغَ الْكَعْبَةِ أَوْ كَفَّارَةٌ طَعَامُ مَسَاكِينَ أَوْ عَدْلُ ذَٰلِكَ صِيَامًا لِيَذُوقَ وَبَالَ أَمْرِهِ ۗ عَفَا اللَّهُ عَمَّا سَلَفَ ۚ وَمَنْ عَادَ فَيَنْتَقِمُ اللَّهُ مِنْهُ ۗ وَاللَّهُ عَزِيزٌ ذُو انْتِقَامٍ 95 ٩٥

Ey, iymon keltirganlar! Ehromdalik holingizda ovni o`ldirmang. Sizdan kim uni qasdan o`ldirsa, jazosi sizdan ikki odil kishi hukmiga muvofiq chorva hayvonlaridan u(ov)ga teng keladiganini hadyi qilib Ka'baga yetkazishdir. Yoxud uning kafforoti miskinlarga taom berish yoki shu barobarida, o`z qilmishining yomon oqibatini tatib ko`rsin uchun, ro`za tutishdir. O`tganlarini Alloh afv qildi. Kim qaytarsa, Alloh undan intiqom olur. Zotan, Alloh Aziyz, intiqom egasidir. (95)

Tafsir
Ey iymon keltirganlar, haj yoki umraga ehrom bogʻlagan chogʻinglarda ovni oʻldirmanglar. Sizlardan kim ovni qasddan oʻldirsa, oʻsha oʻldirgani miqdorida tuyami, sigirmi yoki qoʻymi, tovon toʻlaydi. Bu ishda musulmonlar orasida adolatli odam, deya tanilgan ikki kishi hakamlik qiladi. Ular qanday hayvonni toʻlashga hukm qilsalar, u hadyi sifatida Makkaga yuboriladi va Haramda soʻyiladi. Yoki oʻsha oʻldirilgan ov miqdoricha taom Haramdagi miskinlarga ulashiladi. Har bir miskinga yarim sodan beriladi. Yo har bir yarim so taom muqobiliga bir kundan roʻza tutiladi. Mana shu uch xil jazoning biri qoʻllanadi. Toki, osiy ovchi qilgan ishining oqibatini oʻzi tatib koʻrsin. Alloh ilgarilari qilingan jinoyatlarni kechirdi. Endi kim bu jinoyatni yana qayta qilsa, Alloh undan intiqom oladi va azoblaydi. Alloh Qudratlidir. Istagan paytidan osiylardan intiqom ola bilishi oʻsha qudratining bir koʻrinishidir. Bu ishdan U Zotni hech kim qaytara olmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin