Sura Al-Ma'idah (Dasturxon — المائدة) (Oyat 99)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




5 Al-Ma'idah(المائدة), Oyat 99

مَا عَلَى الرَّسُولِ إِلَّا الْبَلَاغُ ۗ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ 99 ٩٩

Payg`ambar zimmasida faqat yetkazish bor, xolos. Alloh oshkor qilganingizni ham, yashirganingizni ham biladir. (99)

Tafsir
Paygʻambarning zimmasidagi vazifasi odamlarga tavfiq berib, ularni hidoyat qilish emas, balki Alloh yetkazishni buyurgan ishlarni yetkazib qoʻyishdir, xolos. Hidoyat va zalolat bobida esa sizlarning oshkora qilayotgan ishlaringizni ham, yashirib qilayotgan ishlaringizni ham Allohning Oʻzi koʻrib-bilib turadi va yaqinda sizlarga amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin