Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularning aytganlarini Biz biluvchimiz. Sen ularning ustidagi jabbor emassan. Bas, Qur'on ila azob va'damdan qo`rqqanlarni ogohlantir. (45)
Tafsir
Anavi haqni nohaqqa chiqarayotgan kimsalar aytayotgan gaplarni Biz yaxshi bilamiz. Ey Paygʻambar, siz ularni majburlab iymonga keltiradigan zoʻravon emassiz. Siz faqat Alloh yetkazib qoʻyishni buyurgan ishni yetkazib qoʻyasiz, xolos. Bas, kofirlar va osiylarga atalgan azob haqidagi vadamdan qoʻrqadigan zotlarga Quron bilan nasihat qiling. Zero, ana shu qoʻrqadigan zotlargina Quronga va undagi nasihatlarga quloq soladilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: