Sura An-Najm (Yulduz — النجم) (Oyat 30)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




53 An-Najm(النجم), Oyat 30

ذَٰلِكَ مَبْلَغُهُمْ مِنَ الْعِلْمِ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنْ ضَلَّ عَنْ سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ اهْتَدَىٰ 30 ٣٠

Ularning erishgan ilmlari mana shu. Albatta, Robbing Uning yo`lidan adashganlarni bilguvchidir va U hidoyatdagilarni ham bilguvchidir. (30)

Tafsir
Mushriklarning ilm bobida yetib borgan choʻqqilari farishtalarni ayollar nomi bilan nomlash boʻldi, xolos. Chunki ular johil, nodondirlar. Puxta iymonga yetib bora olmaydilar. Ey Paygʻambar, albatta Parvardigoringiz haq yoʻldan adashganni ham, Oʻzining yoʻliga hidoyat topganni ham yaxshi bilguvchidir. U Zotdan biron narsa yashirin qolmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin