Sura Al-Hadid (Temir — الحديد) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




57 Al-Hadid(الحديد), Oyat 13

يَوْمَ يَقُولُ الْمُنَافِقُونَ وَالْمُنَافِقَاتُ لِلَّذِينَ آمَنُوا انْظُرُونَا نَقْتَبِسْ مِنْ نُورِكُمْ قِيلَ ارْجِعُوا وَرَاءَكُمْ فَالْتَمِسُوا نُورًا فَضُرِبَ بَيْنَهُمْ بِسُورٍ لَهُ بَابٌ بَاطِنُهُ فِيهِ الرَّحْمَةُ وَظَاهِرُهُ مِنْ قِبَلِهِ الْعَذَابُ 13 ١٣

Munofiq va munofiqalar iymonlilarga: «To`xtab turinglar, biz ham nuringizdan bir oz olaylik», degan va ularga: «Ortingizga qayting hamda nur qidiring», deyilgan kunda. Bas, ularning orasiga eshigi bor qo`rg`on urilur. Uning ichida rahmat, tashqarisida — oldida azobdir. (13)

Tafsir
Munofiqlar va munofiqalar iymon keltirganlarga: "Bizga ham qarab yuboringlar, nuringizdan ozgina olib, koʻprikdan oʻtib olaylik", degan kunda ularga istehzo bilan shunday deyiladi: "Ortingizga qaytib nur qidiravering". Keyin ularning orasiga bir devor uriladi. Devorning bir eshigi ham boʻladi. Uning ichkari tarafi moʻminlar uchun rahmat, tashqari tarafi esa munfiqlar uchun azob boʻladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin