Sura Al-Hadid (Temir — الحديد) (Oyat 14)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




57 Al-Hadid(الحديد), Oyat 14

يُنَادُونَهُمْ أَلَمْ نَكُنْ مَعَكُمْ ۖ قَالُوا بَلَىٰ وَلَٰكِنَّكُمْ فَتَنْتُمْ أَنْفُسَكُمْ وَتَرَبَّصْتُمْ وَارْتَبْتُمْ وَغَرَّتْكُمُ الْأَمَانِيُّ حَتَّىٰ جَاءَ أَمْرُ اللَّهِ وَغَرَّكُمْ بِاللَّهِ الْغَرُورُ 14 ١٤

Ularga (munofiqlar): «Biz siz bilan birga emasmidik?!» – deb nido qilurlar. Ular: «Xuddi shunday. Lekin sizlar Allohning amri kelguncha o`zingizni o`zingiz fitnaga duchor qildingiz, ko`z tikib kutdingiz, shubha qildingiz va sizlarni xomxayollar g`ururga ketkazdi. Sizlarni Alloh haqida aldamchi aldab qo`ydi. (14)

Tafsir
Munofiqlar moʻminlarga: "Biz ham sizlar bilan birga musulmon boʻlmaganmidik, toat-ibodat qilmaganmidik", deya nido qiladilar. Shunda moʻminlar ularga shunday deydilar: "Ha, shunday. Biz bilan birga edingiz. Lekin munofiqlik qilib, Oʻzingizni oʻzingiz halokatga olib bordingiz. Kofirligingizni elon qilish umun moʻminlarning magʻlub boʻlishini poylab yurdingiz. Allohning moʻminlarga madad berishiga ham, qayta tirilishga ham shubha bilan qaradingiz. To oʻlim kelguniga qadar orzularga aldanib yashadingiz. Shayton sizlarni Allohning yoʻlidan ozdirdi".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin