Sura Al-Hadid (Temir — الحديد) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




57 Al-Hadid(الحديد), Oyat 18

إِنَّ الْمُصَّدِّقِينَ وَالْمُصَّدِّقَاتِ وَأَقْرَضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا يُضَاعَفُ لَهُمْ وَلَهُمْ أَجْرٌ كَرِيمٌ 18 ١٨

Albatta, sadaqa qiluvchi erkagu ayol hamda Allohga qarzi hasana beruvchilarga (savob) ko`paytirib berilur. Ularga karamli ajr ham bor. (18)

Tafsir
Mol-davlatlarining bir qismini sadaqa qiladigan erkaklar va xuddi shunday ayollar shu ishlarini minnat va ozor aralashtirmasdan chin koʻngildan qilsalar, ularning savoblari bir necha barobar qilib beriladi. Bir yaxshiligi oʻn barobardan yetti yuz barobargacha koʻpaytirib beriladi. Bundan tashqari ularga Allohning huzurida yana bir ulugʻ savob ham bor. U jannatdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin