Sura Al-Hadid (Temir — الحديد) (Oyat 24)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




57 Al-Hadid(الحديد), Oyat 24

الَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبُخْلِ ۗ وَمَنْ يَتَوَلَّ فَإِنَّ اللَّهَ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ 24 ٢٤

Ular baxildirlar va kishilarni ham baxillikka buyururlar. Kim yuz o`girsa, bas, Alloh behojat va maqtalgan Zotdir. (24)

Tafsir
Ular sarflashi lozim boʻlgan joyda ham sarflamaydigan baxillardir. Boshqalarni ham baxillikka buyuradigan badbaxtlardir. Kim Allohga itoat etishdan bosh tortsa, oʻziga zarar qiladi. Allohga hech qanday zarar qila olmaydi. Zero, Alloh bandalarining itoat etishlariga muhtoj emas. U behojat va har qanday holatda ham maqtovga loyiq Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin