Sura Al-Hadid (Temir — الحديد) (Oyat 25)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




57 Al-Hadid(الحديد), Oyat 25

لَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا بِالْبَيِّنَاتِ وَأَنْزَلْنَا مَعَهُمُ الْكِتَابَ وَالْمِيزَانَ لِيَقُومَ النَّاسُ بِالْقِسْطِ ۖ وَأَنْزَلْنَا الْحَدِيدَ فِيهِ بَأْسٌ شَدِيدٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَلِيَعْلَمَ اللَّهُ مَنْ يَنْصُرُهُ وَرُسُلَهُ بِالْغَيْبِ ۚ إِنَّ اللَّهَ قَوِيٌّ عَزِيزٌ 25 ٢٥

Darhaqiqat, Biz Payg`ambarlarimizni ravshan(narsa)lar ila yubordik va ular ila kitob hamda odamlar adolatda turishlari uchun mezon tushirdik. Va temirni tushirdik — unda katta kuch-quvvat va odamlar uchun manfaatlar bor. Alloh kim O`ziga va Payg`ambarlariga g`oyibona yordam berayotganini bilishi uchun. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir. (25)

Tafsir
Elchilarimizni yorqin hujjatlar va aniq dalillar bilan yubordik. Ular bilan birga kitobni va mezonni ham nozil qildik. Toki odamlar adolat bilan tursinlar. Temirni ham tushirdik. Unda katta kuch bor. Undan qurollar yasaladi va temir sanoatida odamlar uchun koʻp foydalar bor. Alloh Oʻziga gʻoibona yordam bergan odamni bilish uchun shu ishlarni qildi. Alloh qudratlidir va azizdirki, hech kim undan gʻolib boʻla olmas. Uning qoʻlidan kelmaydigan biron ish yoʻq.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin