Sura Al-Hadid (Temir — الحديد) (Oyat 28)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




57 Al-Hadid(الحديد), Oyat 28

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَآمِنُوا بِرَسُولِهِ يُؤْتِكُمْ كِفْلَيْنِ مِنْ رَحْمَتِهِ وَيَجْعَلْ لَكُمْ نُورًا تَمْشُونَ بِهِ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۚ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ 28 ٢٨

Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Uning Payg`ambariga iymon keltiringlar. U zot O`z rahmatidan sizlarga ikki hissa beradir va sizlarning yurishingizga nur beradir hamda sizlarni mag`firat qiladir. Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir. (28)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va shariatiga amal qilgan zotlar, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. U Zotning Paygʻambariga iymon keltiringlar. Shunda Muhammad alayhissalomga ham, oldin oʻtgan paygʻambarlarga ham iymon keltirganingiz uchun sizlarning ajru savoblaringizni ikki hissa qilib beradi. Yana sizlarga bir nur ham ato etadi. U shu dunyodagi hayotingizda ham, Qiyomat kuni koʻprikdan oʻtayotganingizda ham yoʻlingizni yoritib turadi. Alloh gunohlaringizni magʻfirat qilib, sizlarni jazoga tortmaydi. Alloh bandalari uchun Magʻfiratli va Mehribon Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin