Sura Al-Hadid (Temir — الحديد) (Oyat 29)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




57 Al-Hadid(الحديد), Oyat 29

لِئَلَّا يَعْلَمَ أَهْلُ الْكِتَابِ أَلَّا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَيْءٍ مِنْ فَضْلِ اللَّهِ ۙ وَأَنَّ الْفَضْلَ بِيَدِ اللَّهِ يُؤْتِيهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ 29 ٢٩

Toki kitob ahllari Allohning fazlidan hech narsaga qodir emasliklarini, fazl Allohning qo`lida bo`lib, xohlagan kishisiga berishini bilsinlar. Alloh ulug` fazl egasidir. (29)

Tafsir
Ey moʻminlar, sizlarga tayyorlab qoʻyganimiz bir necha hissa qilib beriladigan savobimiz orqali ulugʻ fazlimizni bayon qildik. Toki oʻtgan ahli kitoblar - yahudiy va nasroniylar bilsinlarki, Allohning fazlidan biron qismiga ham ega boʻla olmaydilar, binobarin, uni istagan odamlariga berib, istagan odamlaridan man qila olmaydilar. Bilsinlarki, fazl Allohning Qoʻlidadir. Uni Oʻzi istagan bandasiga beradi. Alloh ulugʻ fazl egasidir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin