Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U osmonlaru yerni olti kunda yaratib, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Yerga nima kirganini ham, undan nima chiqqanini ham, osmondan nima tushganini ham, unga nima chiqqanini ham biladir. U, qayerda bo`lsangiz ham, siz bilan birga. Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchidir. (4)
Tafsir
U shunday Zotki, osmonlaru yerni olti kunda yaratdi. Dushanba kuni boshlab, Juma kuni nihoyaladi. U aslida bir koʻz yumib ochguncha yaratib qoʻyishga ham Qodir. Keyin Oʻziga xos tarzda Arshga koʻtarildi. U yomgʻir, don kabi yerga kiradigan narsalarni ham, oʻsimliklar, konlar kabi yerdan chiqadigan narsalarni ham, yomgʻir, vahiy kabi osmondan tushadigan narsalarni ham, farishtalar, odamlarning amallari va jonlari kabi samoga koʻtariladigan narsalarni ham biladi. Ey odamlar, qayerda boʻlsangizlar ham U Oʻz ilmi ila sizlar bilan birgadir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turguvchidir. Biron amalingiz U Zotdan maxfiy emas. Yaqinda qilgan ishlaringizga yarasha sizlarga jazo yoki mukofot beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: