Sura Al-Hadid (Temir — الحديد) (Oyat 9)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




57 Al-Hadid(الحديد), Oyat 9

هُوَ الَّذِي يُنَزِّلُ عَلَىٰ عَبْدِهِ آيَاتٍ بَيِّنَاتٍ لِيُخْرِجَكُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ ۚ وَإِنَّ اللَّهَ بِكُمْ لَرَءُوفٌ رَحِيمٌ 9 ٩

U zot sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun O`z bandasiga ravshan oyatlarni tushiradi. Va, albatta, Alloh sizlarga shafqatli va rahimlidir. (9)

Tafsir
U shunday Zotki, sizlarni kufru jaholat zulmatlaridan iymonu marifat nuriga olib chiqish uchun bandasi Muhammad alayhissalomga ochiq-ravshan oyatlarni nozil qiladi. Alloh sizlarga Mehribon, Shafqatli Zotdir. Shuning uchun sizlarni toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan Paygʻambarini yuborib qoʻygan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin