Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 18

يَوْمَ يَبْعَثُهُمُ اللَّهُ جَمِيعًا فَيَحْلِفُونَ لَهُ كَمَا يَحْلِفُونَ لَكُمْ ۖ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ عَلَىٰ شَيْءٍ ۚ أَلَا إِنَّهُمْ هُمُ الْكَاذِبُونَ 18 ١٨

Alloh ularning barchasini qayta tiriltiradigan kunda, xuddi sizlarga qasam ichganlaridek, Unga ham qasam icharlar, va biror narsaga erishamiz, deb o`ylarlar. Ayo, ogoh bo`ling, ular, ha, ular yolg`onchidirlar. (18)

Tafsir
Qiyomat kuni Alloh taolo ularning birontasini ham qoldirmasdan hamma-hammasini jazo uchun qayta tiriltiradi. Ey moʻminlar, ular dunyoda musulmonmiz, deb sizlarga qasam ichganlari kabi oxiratda ham kufr va nifoqda emasdik, Allohni rozi qiladigan amallarni qiladigan moʻminlardan edik, deb Allohga qasam ichadilar. Ular oʻzlaricha bu qasamlari bilan biron foydani qoʻlga kiritaman yoki bir baloni daf qilaman, deb oʻylaydilar. Ogoh boʻlingizkim, ular dunyoda ham, oxiratda ham yolgʻonchilardir, qasamlari ham gʻirt yolgʻondir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin