Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 19

اسْتَحْوَذَ عَلَيْهِمُ الشَّيْطَانُ فَأَنْسَاهُمْ ذِكْرَ اللَّهِ ۚ أُولَٰئِكَ حِزْبُ الشَّيْطَانِ ۚ أَلَا إِنَّ حِزْبَ الشَّيْطَانِ هُمُ الْخَاسِرُونَ 19 ١٩

Shayton ularni egallab olgan va Allohning zikrini unuttirgan. Undoq kishilar shayton firqasidandirlar. Ayo, ogoh bo`linglar, shayton firqasidagilar, ha, o`shalar yutqazuvchidirlar. (19)

Tafsir
Shayton ularni egallab oldi va vasvasa qilib Allohning zikrini unuttirdi. Bas, ular Allohni rozi qiladigan amallarni qilmadilar, aksincha, Allohning gʻazabini keltiradigan amallarni qildilar. Mana shunday sifatga ega boʻlgan kimsalar Iblisning lashkarlari va gumashtalaridir. Ogoh boʻlingizkim, Iblisning lashkarlari va gumashtalari dunyoda ham, oxiratda ham ziyon koʻrguvchilardir. Darhaqiqat, ular hidoyatni zalolatga, jannatni esa doʻzaxga pullab yubordilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin