Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 2)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 2

الَّذِينَ يُظَاهِرُونَ مِنْكُمْ مِنْ نِسَائِهِمْ مَا هُنَّ أُمَّهَاتِهِمْ ۖ إِنْ أُمَّهَاتُهُمْ إِلَّا اللَّائِي وَلَدْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَيَقُولُونَ مُنْكَرًا مِنَ الْقَوْلِ وَزُورًا ۚ وَإِنَّ اللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ 2 ٢

Ichlaringizda o`z xotinlaridan zihor qiladiganlar (bilib qo`ysinlarki), ular alarning onalari emas. Tuqqan onalaridan o`zga hech kim ularga ona emaslar. Va, albatta, ular inkor qilingan va g`irt yolg`on so`zlarni ayturlar. Va, albatta, Alloh kechiruvchi va mag`firat qiluvchidir. (2)

Tafsir
Ayollarini zihor qiladigan kishilardan biri ayoliga:”Sening badaning men uchun onamning badani kabidir”, deydi. Ular yolgʻon soʻzni aytibdilar. Ularning ayollari hech qachon onalari emas. Ularning onalari ularni tuqqan ayollardir. Bas, ular aytgan oʻsha soʻz oʻta xunuk, qabih va gʻirt yolgʻon soʻzdir. Albatta Alloh avf etuvchi, magʻfirat qiluvchidir. Ularni gunohlaridan xalos etish uchun ularga kafforatni mashru qildi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin