Sura Mujodala (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Mujodala(المجادلة), Oyat 7

أَلَمْ تَرَ أَنَّ اللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۖ مَا يَكُونُ مِنْ نَجْوَىٰ ثَلَاثَةٍ إِلَّا هُوَ رَابِعُهُمْ وَلَا خَمْسَةٍ إِلَّا هُوَ سَادِسُهُمْ وَلَا أَدْنَىٰ مِنْ ذَٰلِكَ وَلَا أَكْثَرَ إِلَّا هُوَ مَعَهُمْ أَيْنَ مَا كَانُوا ۖ ثُمَّ يُنَبِّئُهُمْ بِمَا عَمِلُوا يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۚ إِنَّ اللَّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ 7 ٧

Albatta, Alloh osmonlaru yerdagi barcha narsalarni bilishini anglamadingmi? Agar uchtaning sirli so`zlashuvi bo`lsa, albatta, U zot to`rtinchidir. Beshtaniki bo`lsa, U zot oltinchidir. Bundan oz bo`lsa ham, ko`p bo`lsa ham va qayerda bo`lsalar ham, albatta, Alloh ular bilandir. So`ng qiyomat kunida ularga qilgan ishlaridan xabar beradir. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir. (7)

Tafsir
Koʻrmadingizmi, ey Paygʻambar, Alloh taolo osmonlaru yerdagi hamma narsani bilur va hech narsa U Zotdan yashirin qolmas?! Uch kishi oʻzaro sirlashsalar, Alloh taolo oʻz ilmi bilan ularning toʻrtinchisidir. Besh kishi oʻzaro sirlashsalar, Alloh taolo oʻz ilmi bilan ularning oltinchisidir. Ularning soni bundan oz yoki koʻp boʻladimi, qayerda boʻlishlaridan qati nazar, Alloh taolo oʻz ilmi bilan ularning oldidadir. Ularning gap-soʻzlaridan biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Keyin Qiyomat kuni Alloh taolo ularga qilgan amallarini bildiradi. Darhaqiqat, Parvardigor hamma narsani Bilguvchidir, U Zotdan hech narsa maxfiy qolmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin