Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 8)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 8

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ نُهُوا عَنِ النَّجْوَىٰ ثُمَّ يَعُودُونَ لِمَا نُهُوا عَنْهُ وَيَتَنَاجَوْنَ بِالْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَمَعْصِيَتِ الرَّسُولِ وَإِذَا جَاءُوكَ حَيَّوْكَ بِمَا لَمْ يُحَيِّكَ بِهِ اللَّهُ وَيَقُولُونَ فِي أَنْفُسِهِمْ لَوْلَا يُعَذِّبُنَا اللَّهُ بِمَا نَقُولُ ۚ حَسْبُهُمْ جَهَنَّمُ يَصْلَوْنَهَا ۖ فَبِئْسَ الْمَصِيرُ 8 ٨

Sirli so`zlashuvdan qaytarilganlarni ko`rmadingmi?! Man etilgan ishga yana qayturlar, gunoh va dushmanlik ila va Payg`ambarga osiy bo`lib, sirli so`zlarlar. Va huzuringga kelsalar, sen bilan Alloh o`rgatmagan tarzda so`rashurlar. Va ichlarida, shu gapimiz uchun Alloh bizni azoblamasa edi, derlar. Ularga jahannam kifoyadir, unga kirurlar. U qandoq ham yomon joy! (8)

Tafsir
Koʻrmadingizmi, ey Paygʻambar, Alloh taolo yahudiylarni shivir-shivir qilishdan qaytargan edi. Ular bir moʻminni koʻrib qolsalar, pichir-pichir qilar edilar. Biroq ular Alloh qaytargan bu ishni qayta-qayta qilaverdilar. Ular moʻminning orqasidan gapirish, ularga tajovuz qilish va Paygʻambarga itoatsiz boʻlish kabi gunoh ishlarda oʻzaro pichirlashar edilar. Sizning oldingizga kelib salomlashganlarida Alloh taolo salomlashganda ishlatmagan soʻzlar bilan salomlashardilar. Ular ”Assomu alayka”, deya oʻlimni qasd qilardilar va Paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarish uchun oʻzlaricha shunday derdilar: ”Qani, bu aytgan soʻzlarimiz uchun Alloh bizni azoblasin-chi. Agar u davo qilayotganidek, Allohning Paygʻambari boʻlganida edi, bu deganlarimiz uchun Alloh bizni azoblagan boʻlar edi”. Bu aytgan soʻzlari uchun jahannam ularga kifoyadir. Uning otashida yonadilar. Ular qaytib boradigan joy naqadar yomon joy!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin