Sura Al-Mujadila (Bahslashuvchi ayol — المجادلة) (Oyat 9)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




58 Al-Mujadila(المجادلة), Oyat 9

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا تَنَاجَيْتُمْ فَلَا تَتَنَاجَوْا بِالْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَمَعْصِيَتِ الرَّسُولِ وَتَنَاجَوْا بِالْبِرِّ وَالتَّقْوَىٰ ۖ وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ 9 ٩

Ey, iymon keltirganlar! Qachon sirli suhbat qilsangiz, gunoh, dushmanlik va Payg`ambarga ma'siyatga sirli suhbat qilmangiz. Yaxshilik va taqvoga sirli suhbat qilingiz. Huzuriga to`planib boradiganingiz Allohga taqvo qilingiz. (9)

Tafsir
Ey, Allohga iymon keltirib, uning shariatiga amal qilayotganlar! Yahudiylarga oʻxshab, gunoh, tajovuz va paygʻambarga osiylik qilish haqida oʻzaro shivirlashmanglar. Allohga itoat qilish, gunohlardan tiyilish haqida esa pinhona gaplashaveringlar. Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. Qiyomat kuni hisob va jazo uchun yolgʻiz Uning huzuriga toʻplanasizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin