Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Nifoq qilganlarning ahli kitobdan bo`lgan o`z birodarlariga: «Agar sizlar (diyorlaringizdan) quvilsangiz, biz ham sizlar bilan ketamiz, sizni qo`yib hech qachon hech kimga itoat qilmasmiz va mabodo sizlarga urush qilinsa, albatta yordam berurmiz», deyishlarini ko`rmaysanmi? (11)
Tafsir
Ey Paygʻambar, kofirligini yashirib, oʻzlarini iymonli qilib koʻrsatayotganlarni koʻrmadingizmi?! Ular buzilgan Tavrotga etiqod qiluvchi kofir hamtavoqlariga aytadilar: ”Diyoringizda mahkam turinglar, biz sizlarni hech qachon yordamsiz tashlab, dushmanga topshirib qoʻymaymiz. Agar musulmonlar sizlarni diyoringizdan chiqarib yuborsalar, biz ham koʻngillilardan boʻlib, sizlar bilan birga chiqamiz. Chiqishimizga toʻsqinlik qilishni istaganlarga itoat qilmaymiz. Agar sizlarga qarshi urush ochsalar, ularga qarshi sizlarga yordam beramiz. Alloh guvohlik beradiki, munofiqlar: ”Agar chiqarib yuborilsangizlar, birga chiqamiz, sizlarga qarshi jang qilsalar, biz sizlar bilan birgamiz”, degan davolarida yolgʻonchidirlar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: