Sura Al-Hashr (Yig‘ilish — الحشر) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




59 Al-Hashr(الحشر), Oyat 12

لَئِنْ أُخْرِجُوا لَا يَخْرُجُونَ مَعَهُمْ وَلَئِنْ قُوتِلُوا لَا يَنْصُرُونَهُمْ وَلَئِنْ نَصَرُوهُمْ لَيُوَلُّنَّ الْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يُنْصَرُونَ 12 ١٢

Albatta, agar u(yahudiy)lar chiqarilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqmaslar. Va, albatta, agar u(yahudiy)larga (qarshi) urush qilinsa, (munofiqlar) yordam bermaslar. Bordi-yu, yordam berganlarida ham, ortlariga qarab qocharlar va ular yordamsiz qolarlar. (12)

Tafsir
Musulmonlar yahudiylarni chiqarib yuborsalar, ular bilan birga chiqib ketmaydilar. Agar jang qilsalar, ularga yordam bermaydilar, ularni qoʻllamaydilar. Basharti musulmonlarga qarshi ularga yordam bersalar ham, shak-shubhasiz, qoʻrqib qochib qoladilar. Keyin bu munofiqlarga boshqa yordam berilmaydi. Balki Alloh ularni xorlab, sharmisor qiladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin