Sura Al-Hashr (Yig‘ilish — الحشر) (Oyat 21)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




59 Al-Hashr(الحشر), Oyat 21

لَوْ أَنْزَلْنَا هَٰذَا الْقُرْآنَ عَلَىٰ جَبَلٍ لَرَأَيْتَهُ خَاشِعًا مُتَصَدِّعًا مِنْ خَشْيَةِ اللَّهِ ۚ وَتِلْكَ الْأَمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ 21 ٢١

Agar ushbu Qur'onni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qo`rqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini ko`rar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki, ular fikr yuritsalar. (21)

Tafsir
Ey Paygʻambar, agar bu Quronni bir ulkan toqqa tushirganimizda undagi nasihatu eslatmalarni, azob haqidagi qattiq vadalarni koʻrib, Allohdan qoʻrqqanidan egilib yorilib ketganini koʻrar edingiz. Bu misollarni odamlar uchun keltiramiz. Shoyadki, ular aqllarini ishlatib, undagi manolardan tasirlansalar, nasihat, ibrat olsalar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin