Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U — Alloh — Xoliq, Bori', Musovvirdur. Barcha go`zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U — Aziyz va Hakiymdir. (24)
Tafsir
U Allohdir. Xoliqdir, hamma narsani yaratgandir. Boriydir, yoʻqdan bor qilguvchidir. Musavvirdir, maxluqotlariga Oʻzi istagan shaklni berguvchidir. U Zotning zoti oliysiga munosib goʻzal nomlari bor. Osmonlaru yerdagi hamma narsa U Zotni har qanday nuqsondan poklab, tasbeh aytar. U Azizdir, hammadan Gʻolibdir. U Hakimdir, har bir yaratishini, shariatini, taqdirini hikmat bilan qiladigan Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: