Sura Al-Hashr (Yig‘ilish — الحشر) (Oyat 2)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




59 Al-Hashr(الحشر), Oyat 2

هُوَ الَّذِي أَخْرَجَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ مِنْ دِيَارِهِمْ لِأَوَّلِ الْحَشْرِ ۚ مَا ظَنَنْتُمْ أَنْ يَخْرُجُوا ۖ وَظَنُّوا أَنَّهُمْ مَانِعَتُهُمْ حُصُونُهُمْ مِنَ اللَّهِ فَأَتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ حَيْثُ لَمْ يَحْتَسِبُوا ۖ وَقَذَفَ فِي قُلُوبِهِمُ الرُّعْبَ ۚ يُخْرِبُونَ بُيُوتَهُمْ بِأَيْدِيهِمْ وَأَيْدِي الْمُؤْمِنِينَ فَاعْتَبِرُوا يَا أُولِي الْأَبْصَارِ 2 ٢

U zot ahli kitobdan bo`lgan kofirlarni o`z diyorlaridan birinchi hashr uchun chiqargan Zotdir. Ularni chiqar deb o`ylamagan edingiz. O`zlari ham, qo`rg`onimiz bizni Alloh(azobi)dan saqlab qolur, deb o`ylashardi. Alloh ular o`ylamagan tarafdan oldi va ularning qalbiga qo`rqinch soldi. Uylarini o`z qo`llari bilan va mo`minlarning qo`llari bilan buza boshladilar. Ibrat oling, ey, aql egalari! (2)

Tafsir
Alloh taolo Oʻziga kufr keltirgan va paygʻambari Muhammad alayhissalomni yolgʻonchiga chiqargan Banu Nazir qabilasini oʻz diyori Madinadan surgun qildi. Ularning dastlabki surguni Madinadan Shom diyorlariga boʻldi. Bular Tavrotga ishongan yahudiylar boʻlib, Rasululloh bilan tuzgan bitimlariga xiyonat qilib, u zotga qarshi mushriklar bilan birlashgan edilar. Ey moʻminlar, sizlar ularning kuch-qudratini va mustahkam himoyalarini koʻrib, oʻz diyorlaridan Shom yerlariga chiqib ketadilar, deb xayol ham qilmagan edingiz. Ularning oʻzlari ham qurgan qoʻrgʻonlarimiz bizni Alloh taoloning qudratidan va jazosidan himoya qiladi, deb oʻylagan edilar. Alloh taolo paygʻambariga: ”Ularga qarshi kurashing va diyorlaridan surgun qiling”, deya amr qilgan paytda yahudiylarga oʻzlari kutmagan tomondan Alloh taoloning kuch-qudrati namoyon boʻldi. Alloh taolo ularning qalblariga shu qadar qattiq qoʻrquv soldiki, musulmonlar kirib foydalanmasin deya, oʻz uylarini oʻz qoʻllari bilan ichkaridan buza boshladilar. Moʻminlar esa tashqaridan buzardilar. Ey aql egalari, kufrlari sababli ularning boshlariga tushgan azob-uqubatlardan ibrat olinglar. Ular kabi boʻlmanglar. Toki ularga berilgan azob-uqubatlar sizlarga ham yetib qolmasin.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin