Sura Al-Hashr (Yig‘ilish — الحشر) (Oyat 6)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




59 Al-Hashr(الحشر), Oyat 6

وَمَا أَفَاءَ اللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِ مِنْهُمْ فَمَا أَوْجَفْتُمْ عَلَيْهِ مِنْ خَيْلٍ وَلَا رِكَابٍ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ يُسَلِّطُ رُسُلَهُ عَلَىٰ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 6 ٦

Alloh O`z Rasuliga ulardan qaytarib bergan narsaga sizlar ot yoki tuya choptirib bormadingiz. Lekin Alloh O`z Payg`ambarini, kimning ustidan xohlasa, g`olib qiladi. Alloh har bir narsaga qodirdir. (6)

Tafsir
Alloh taolo Paygʻambariga Banu Nazirning mol-mulkidan bergan oʻljaga kelsak, sizlar bu oʻlja talabida ot ham, tuya ham surib bormadingizlar. Sizlarga hech qanday mashaqqat yetmadi. Biroq Alloh taolo paygʻambarlarini Oʻzi xohlagan kimsalardan ustun qiladi. Darhaqiqat, Paygʻambar alayhissalomni Banu Qurayzadan ustun qildi. Ularning diyorini Rasululloh jangsiz egalladi. Alloh hamma narsaga Qodirdir. Uni hech narsa ojiz qoldirolmaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin