Sura Al-Hashr (Yig‘ilish — الحشر) (Oyat 7)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




59 Al-Hashr(الحشر), Oyat 7

مَا أَفَاءَ اللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِ مِنْ أَهْلِ الْقُرَىٰ فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَابْنِ السَّبِيلِ كَيْ لَا يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الْأَغْنِيَاءِ مِنْكُمْ ۚ وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانْتَهُوا ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ ۖ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ 7 ٧

Alloh O`z Rasuliga shahar-qishloq ahlidan qaytarib bergan narsa... Allohgadir va Uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va ko`cha o`g`illarigadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa bo`lib qolmasligi uchun. Payg`ambar sizga nimani bersa, o`shani olinglar va nimadan qaytarsa, o`shandan qaytinglar. Allohdan qo`rqinglar. Albatta, Alloh azobi zo`r Zotdir. (7)

Tafsir
Alloh taolo bazi qishloq-shaharlarning mol-mulkini Paygʻambariga hech qanday jangu-jadallarsiz oʻlja qilib berdi. Bu mulk Allohnikidir. Uni Oʻzi xohlagan bandasiga beradi. Alloh mulkni Paygʻambar alayhissalomga, sadaqadan man qilinganligi evaziga qarindoshlari Banu Hoshim va Banu Muttolibga, yetim-yesirlarga, faqirlarga va mablagʻi tugab qolgan musofirlarga berdi. Toki mol-mulk kambagʻallar qolib, boylarning qoʻllaridagina aylanib qolmasin. Ey moʻminlar, Paygʻambar sizlarga bergan narsani olinglar, bermaganidan tiyilinglar. Alloh taolodan Uning buyruqlarini bajarib, taqiqlaridan tiyilib, taqvo qilinglar. Albatta Alloh jazosi qattiq boʻlgan Zotdir. Uning jazosidan qoʻrqinglar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin