Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 112)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 112

وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِيٍّ عَدُوًّا شَيَاطِينَ الْإِنْسِ وَالْجِنِّ يُوحِي بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ زُخْرُفَ الْقَوْلِ غُرُورًا ۚ وَلَوْ شَاءَ رَبُّكَ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ 112 ١١٢

Shuningdek, har bir Payg`ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo`ydik. Ularning ba'zilari ba'zilarini g`ururga ketkazishlari uchun jimjimador kalomlarni tanlarlar. Agar Robbing xohlasa, bunday qilmas edilar. Bas, ularni o`zlari to`qigan narsalari ila yolg`iz qo`y! (112)

Tafsir
Sizni mushriklarning adovati bilan sinaganimizdek, sizdan oldingi paygʻambarlarga ham sinov yuborib, ularga insu jin shaytonlarini dushman qilib qoʻydik. Ular bir-birlarini aldash uchun yaltiroq soʻzlar aytib vasvasa qiladilar. Alloh istaganida bunday qilmagan boʻlardilar. Lekin Alloh ularni sinash uchun shuni xohladi. Bas, ularga etibor bermang. Ularni kufru nohaqliklariga tashlab qoʻyavering!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin