Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 116)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 116

وَإِنْ تُطِعْ أَكْثَرَ مَنْ فِي الْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ ۚ إِنْ يَتَّبِعُونَ إِلَّا الظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ 116 ١١٦

Va agar yer yuzidagilarning ko`plariga itoat qilsang, seni Allohning yo`lidan adashtirurlar. Ular gumondan boshqaga ergashmaslar. Ular taxmin qilurlar, xolos. (116)

Tafsir
Ey Paygʻambar, yer yuzidagi aksar odamlarga ergashgan boʻlganingizda sizni Allohning dinidan ozdirgan boʻlar edilar. Haqning ozchilik tarafida boʻlishi Allohning qonuniyatidir. Chunki odamlarning koʻplari hech qanday asosi yoʻq gumongagina ergashib, oʻzlarining mabudlari Allohga yaqinlashtiradi, degan davoni qilib, yolgʻon soʻzlaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin