Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 122)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 122

أَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَأَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِي بِهِ فِي النَّاسِ كَمَنْ مَثَلُهُ فِي الظُّلُمَاتِ لَيْسَ بِخَارِجٍ مِنْهَا ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْكَافِرِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 122 ١٢٢

Avval o`lik bo`lgan odamni tiriltirib, unga odamlar orasida yuradigan nurni berib qo`ygan bo`lsak, u bilan zulmatlar ichida undan chiqa olmay yuruvchi odam o`xshash bo`lurmi? Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan amallari ziynatlab ko`rsatildi. (122)

Tafsir
Alloh hidoyat bermasidan oldin kufr, jaholat va gunohlari tufayli oʻlik (kabi boʻlgan) odam iymon, ilm-marifat va toat sari hidoyat sababli tirik tanaga aylanganidan keyin kufr, jaholat va gunohlar zulmati qoʻynida hidoyat topa olmasdan, sarson-sargardon yurgan odam bilan barobarmi? Mushriklarga shirk amallari, oʻlimtikni yeyish va nohaq talashib-tortishish jozibador qilib koʻrsatilagan boʻlsa, kofirlarga kufr va gunohlar jimjimador qilib koʻrsatilgan. Toki, shu ishlari uchun Qiyomat kunida alamli azobga giriftor boʻlsinlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin