Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 130)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 130

يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِنْكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ آيَاتِي وَيُنْذِرُونَكُمْ لِقَاءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا ۚ قَالُوا شَهِدْنَا عَلَىٰ أَنْفُسِنَا ۖ وَغَرَّتْهُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَشَهِدُوا عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا كَافِرِينَ 130 ١٣٠

«Ey, jin va ins jamoalari, sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, oyatlarimni sizga aytib bermadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor bo`lishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?» Ular: «O`zimizga qarshi guvohlik berdik», – derlar. Ularni dunyo hayoti g`ururga ketkazdi va o`zlariga qarshi, kofir bo`lganlarini aytib, guvohlik berdilar. (130)

Tafsir
Ularga Qiyomat kuni shunday deymiz: "Ey insu jin jamoasi, sizlarga oʻzlaringizdan, yani, insondan boʻlgan bir paygʻambarlar kelib, sizlarga Alloh nozil qilgan oyatlarni tilovat qilib bermadimi? Sizlarni mana shu Qiyomat kunida uchrashuv borligidan ogohlantirmadimi?" Bunga javoban hammalari: "Ha, mana bugun iqrormiz. Paygʻambarlaring bizga bu xabarlarni yetkazishgan edi. Lekin biz paygʻambarlaringni yolgʻonchiga chiqardik, shu kundagi mana shu uchrashuvni ham yolgʻon dedik", deydilar. Ularni dunyo hayotining oʻtkinchi zebu ziynatlari, foniy nematlari aldab qoʻygandi. Bu dunyoda Allohga va paygʻambarlariga kufr keltirganlariga iqror boʻldilar. Endi bu iqrorlari ham, iymon keltirishlari ham ularga aslo foyda bermas. Chunki fursat oʻtib ketib boʻlgan.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin