Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 139)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 139

وَقَالُوا مَا فِي بُطُونِ هَٰذِهِ الْأَنْعَامِ خَالِصَةٌ لِذُكُورِنَا وَمُحَرَّمٌ عَلَىٰ أَزْوَاجِنَا ۖ وَإِنْ يَكُنْ مَيْتَةً فَهُمْ فِيهِ شُرَكَاءُ ۚ سَيَجْزِيهِمْ وَصْفَهُمْ ۚ إِنَّهُ حَكِيمٌ عَلِيمٌ 139 ١٣٩

Ular, mana shu chorvalarning qornidagi narsalar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, derlar. Agar u (qorindagi narsa) o`lik bo`lsa, ular unga sheriklardir. Tezda ularga vasflari uchun O`zi jazo berajak. Albatta, U hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir. (139)

Tafsir
Yana dedilar: "Soiba va bahiyralarning qorinlaridagi tirik tugʻilsa, erkaklarimizga halol, ayollarimizga esa harom boʻladi. Agar oʻlik tugʻilsa, erkaklar ham. ayollar ham unga sherikchilik qilaveradilar. Yaqinda Alloh ularni shu gaplari uchun jazolaydi. Alloh Oʻzining shariatida ham, tadbirida ham hikmat bilan ish qiladigan, bandalarining ahvolidan xabardor Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin