Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 141)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 141

وَهُوَ الَّذِي أَنْشَأَ جَنَّاتٍ مَعْرُوشَاتٍ وَغَيْرَ مَعْرُوشَاتٍ وَالنَّخْلَ وَالزَّرْعَ مُخْتَلِفًا أُكُلُهُ وَالزَّيْتُونَ وَالرُّمَّانَ مُتَشَابِهًا وَغَيْرَ مُتَشَابِهٍ ۚ كُلُوا مِنْ ثَمَرِهِ إِذَا أَثْمَرَ وَآتُوا حَقَّهُ يَوْمَ حَصَادِهِ ۖ وَلَا تُسْرِفُوا ۚ إِنَّهُ لَا يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ 141 ١٤١

U (ishkomlarga) ko`tariladigan va ko`tarilmaydigan bog`larni, xurmo va ekinlarni yemagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga o`xshatib va o`xshatmay paydo qilgan Zotdir. Mevalagan paytida uning mevasidan yenglar va yig`im-terim kunida haqqini beringlar. Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas. (141)

Tafsir
Alloh subhonahu yer yuzida bogʻlar yaratdi. Ularning daraxtlari orasida ishkomlarga koʻtarilganlari ham. koʻtarilmaganlari ham bor. U Zot xurmoni va shakli-yu, tami turli xil ekinlarni yaratdi. U Zot zaytun va anorni yaratdi. Ularning barglari bir-biriga oʻxshaydi, tami esa oʻxshamaydi. Ey odamlar, uning mevasidan yenglar, yigʻim-terim paytida zakotini beringlar. Yeyishda ham, boshqalarga berishda ham shariat belgilab qoʻygan hadlardan oshmanglar. Alloh Oʻzi belgilab qoʻygan hadlardan oshganlarni sevmaydi. Ularni yomon koʻradi. Shularning hammasini yaratgan Zot ularni bandalariga halol qilib berdi. Endi ularni harom qilishga mushriklarning haqqi yoʻq.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin