Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 151)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 151

قُلْ تَعَالَوْا أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ ۖ أَلَّا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا ۖ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا ۖ وَلَا تَقْتُلُوا أَوْلَادَكُمْ مِنْ إِمْلَاقٍ ۖ نَحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ ۖ وَلَا تَقْرَبُوا الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ ۖ وَلَا تَقْتُلُوا النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ 151 ١٥١

Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: «Unga hech narsani shirk keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qo`rqib, bolalaringizni o`ldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh — buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni o`ldirmang. Magar haq ila bo`lsa, mayli». «Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad, aql yuritsangiz», – deb ayt. (151)

Tafsir
Ey Paygʻambar, odamlarga ayting: "Kelinglar, sizlarga Alloh harom qilgan narsalarni oʻqib beraman. Sizlarga shirk keltirishni, ota-onaga oq boʻlishni, bolalaringizni faqirlikdan qoʻrqib oʻldirishni, oshkorayu yashirin buzuqchiliklar qilishni, nohaq odam oʻldirishni harom qildi. Allohga bironta ham maxluqotini sherik qilmanglar. Ota-onangizga faqat yaxshilik qilinglar. Bolani oʻldirish johilyat sarqiti, unga yaqinlasha koʻrmanglar. Sizlarning ham, bolalaringizning ham rizqini Alloh beradi. Oilasi boʻla turib zino qilish yoki musulmon boʻlganidan keyin dindan qaytish kabi oʻlim jazosiga loyiq qilib qoʻyadigan jinoyatlarni sodir etgandagina odamni oʻldirish mumkin boʻladi. Alloh sizlarga mana shunday ishlarni buyuradi. Shoyad, U Zotning buyruqlari va taqiqlari haqida aql yuritsangizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin