Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 164)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 164

قُلْ أَغَيْرَ اللَّهِ أَبْغِي رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَيْءٍ ۚ وَلَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلَّا عَلَيْهَا ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمْ مَرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ 164 ١٦٤

Allohdan o`zgani Robbim deymi? Holbuki, U hamma narsaning Robbidir. Har bir jon yomon kasb qilsa, faqat o`ziga ziyon qilur. Hech bir jon boshqaning og`irligini ko`tarmas. So`ngra, Robbilaringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur. (164)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Allohdan boshqa parvardigor izlaymi? Holbuki, U Zot har qanday nuqsondan pokdir. Oliydir. Hamma narsaning parvardigoridir. U oʻsha sizlar ibodat qilayotgan, qoʻlidan foyda ham, zarar ham kelmaydigan mabudalarning ham parvardigoridir. Pirovardda Qiyomat kunida qaytib borar joyingiz ham Oʻsha Zotgadir. Oʻshanda bu dunyoda din borasidagi qilib oʻtgan ixtiloflaringizni yuzingizga solur.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin