Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 19

قُلْ أَيُّ شَيْءٍ أَكْبَرُ شَهَادَةً ۖ قُلِ اللَّهُ ۖ شَهِيدٌ بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ ۚ وَأُوحِيَ إِلَيَّ هَٰذَا الْقُرْآنُ لِأُنْذِرَكُمْ بِهِ وَمَنْ بَلَغَ ۚ أَئِنَّكُمْ لَتَشْهَدُونَ أَنَّ مَعَ اللَّهِ آلِهَةً أُخْرَىٰ ۚ قُلْ لَا أَشْهَدُ ۚ قُلْ إِنَّمَا هُوَ إِلَٰهٌ وَاحِدٌ وَإِنَّنِي بَرِيءٌ مِمَّا تُشْرِكُونَ 19 ١٩

Sen: «Qaysi narsa eng katta guvohlikdir», deb ayt. «Alloh», deb ayt. Sen: «U men bilan sizlarning o`rtangizda guvohdir. Menga ushbu Qur'onni, Uning ila sizlarni va u yetib borganlarni ogohlantirishim uchun vahiy qilindi. Sizlar «Alloh bilan birga, albatta, boshqa xudolar bor», deb guvohlik berasizlarmi? «Men guvohlik bermayman», deb ayt. Sen: «Albatta, U bitta ilohdir va men siz keltirayotgan shirkdan pokdirman», deb ayt. (19)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizni yolgʻonchiga chiqarayotgan mushriklarga ayting: "Mening haqligimga qaysi narsa eng ulugʻ va buyuk guvoh?". Ayting: "Mening haqligimga eng ulugʻ va buyuk guvoh Allohdir". U men bilan sizlarning oramizda Guvohdir. Sizlarga nimani olib kelganimni ham, sizlar uni rad etayotganingizni ham bilib turadi. Alloh menga bu Quronni sizlarni va u yetib borgan insu jinni ogohlantirishim uchun vahiy qildi. Ey mushriklar, sizlar Alloh bilan birga boshqa mabudlar ham bor, deb ishonasizlar. Ey Paygʻambar, aytingki, men sizlar ishonayotgan soxta xudolarga ishonmayman. Alloh Yagonadir, sheriksizdir va men sizlar keltirayotgan shirkdan pokman.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin