Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 1)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 1

الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي خَلَقَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَجَعَلَ الظُّلُمَاتِ وَالنُّورَ ۖ ثُمَّ الَّذِينَ كَفَرُوا بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ 1 ١

Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd bo`lsin. So`ngra, kufr keltirganlar o`z Robbilariga (o`zgalarni) tenglashtirurlar. (1)

Tafsir
Mutlaq kamol ila sifatlanish va muhabbatdan otilib chiqqan eng oliy maqtovlar osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan, kecha va kunduzning almashinib turishini yoʻlga qoʻygan, tunni qorongʻu, kunni esa yorugʻ etgan Alloh uchundir. Shunday boʻlsa-da, kufr keltirganlar U Zotga boshqani tenglashtiradilar, shirk keltiradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin