Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 27)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 27

وَلَوْ تَرَىٰ إِذْ وُقِفُوا عَلَى النَّارِ فَقَالُوا يَا لَيْتَنَا نُرَدُّ وَلَا نُكَذِّبَ بِآيَاتِ رَبِّنَا وَنَكُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ 27 ٢٧

Do`zax ustida to`xtatilganlarida: «Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolg`onga chiqarmas edik va mo`minlardan bo`lar edik», deyishlarini ko`rsang edi. (27)

Tafsir
Ey Paygʻambar, Qiyomat kunida ular doʻzaxga roʻbaroʻ qilinganlarida hasratu nadomatlar chekib: "Qaniydi dunyo hayotiga qaytarilsagu Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarmasak va moʻminlardan boʻlsak", deb qolganlarini koʻrsangiz edi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin