Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 41)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 41

بَلْ إِيَّاهُ تَدْعُونَ فَيَكْشِفُ مَا تَدْعُونَ إِلَيْهِ إِنْ شَاءَ وَتَنْسَوْنَ مَا تُشْرِكُونَ 41 ٤١

Yo`q! Faqat Ungagina duo qilursiz. U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish berur. Siz esa, shirk keltirayotgan narsangizni unutursiz. (41)

Tafsir
Haqiqat shuki, sizlar oʻshanday ogʻir soatlarda Yaratuvchingiz Allohdan boshqaga duo-iltijo qilmaysiz. Keyin Alloh agar istasa, sizlardan baloni aritadi, zararni daf qiladi. Zero, Alloh bu ishga qodir. Allohga sherik qilayotgan mabudlaringizni esa tark qilasiz. Chunki ularning foyda ham, zarar ham qila olmasligini juda yaxshi bilasizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin