Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 44)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 44

فَلَمَّا نَسُوا مَا ذُكِّرُوا بِهِ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَابَ كُلِّ شَيْءٍ حَتَّىٰ إِذَا فَرِحُوا بِمَا أُوتُوا أَخَذْنَاهُمْ بَغْتَةً فَإِذَا هُمْ مُبْلِسُونَ 44 ٤٤

Eslatilgan narsalarni unutgan chog`larida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo`ydik. O`zlariga berilgan narsalardan xursand bo`lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo`ldilar. (44)

Tafsir
Kamabagʻallik va kasallik kabi musibatlar kelib qolishi mumkinligi haqidagi nasihatlarga quloq solmasdan Allohning buyruqlarini bajarishmagach, ularga rizqning hamma eshiklarini ochib qoʻydik. Ularni boy va sogʻlom qildik. Erishgan nematlariga mahliyo boʻlib, oʻzlaridan ketib qolgan paytlarida esa toʻsatdan ularni azob bilan ushladik. Qarabsizki, orzu-umidlari puchga chiqib, nima qilarini bilmay hayron boʻlib qoldilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin