Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 50)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




6 Al-An'am(الأنعام), Oyat 50

قُلْ لَا أَقُولُ لَكُمْ عِنْدِي خَزَائِنُ اللَّهِ وَلَا أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلَا أَقُولُ لَكُمْ إِنِّي مَلَكٌ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الْأَعْمَىٰ وَالْبَصِيرُ ۚ أَفَلَا تَتَفَكَّرُونَ 50 ٥٠

Sen: «Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor, demasman. o`aybni bilaman, demasman. Va yana sizlarga, men farishtaman, deb ham aytmasman. Men faqat o`zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», deb ayt. «Ko`r bilan ko`zi o`tkir teng bo`la olurmi? O`ylab ko`rmaysizlarmi?» – deb ayt. (50)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Men sizlarga: "Allohning xazinalari menda, ularni oʻzim istaganimcha tasarruf qilaman", demayman. Gʻaybni bilaman, degan davoyim ham yoʻq. Alloh menga yuborgan vahiydan oʻzga hech narsani bilmayman. Yana sizlarga: «Men farishtaman», ham demayman. Men faqat oʻzimga vahiy qilingan narsalargagina ergashadigan bir paygʻambarman, xolos, oʻzimda yoʻq narsani bor, deb davo qilmayman". Ey Paygʻambar, ularga ayting: «Koʻr bilan koʻzi ochiq, yani, haqiqatni koʻra olmaydigan kofir bilan haqni koʻrib, unga iymon keltirgan moʻmin barobar boʻlurmi?! Ey mushriklar, aqlingizni ishlatib, atrofingizdagi oyat-alomatlar haqida tafakkur qilmaysizlarmi?!"

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin