Sura Al-An'am (Chorva mollari — الأنعام) (Oyat 57)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen: «Albatta, men Robbimdan berilgan aniq hujjatga egaman. Sizlar uni yolg`onga chiqardingiz. Siz shoshiltirayotgan narsa menda yo`q. Hukm faqat Allohning O`ziga xosdir. U haqni aniqlar. U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi», – deb ayt. (57)
Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: «Men Parvardigorim tarafidan aniq hujjat va dalilga egaman. Sizlar esa uni yolgʻonga chiqardingiz. Sizlar shoshiltirayotgan azob ham, talab qilayotgan favquloddagi ishlar ham mening qoʻlimda emas. Ularning hammasi Allohning Qoʻlida. Hamma hukm, jumladan, sizlar talab qilayotgan hukm ham yolgʻiz Allohnikidir. U faqat haqni gapiradi va haqqoniy hukm qiladi. Har qanday nuqsondan pok U Zot haq bilan botilni ajratib berishda eng yaxshi ajrim qiluvchidir".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: